Yevropa Kengashi Vazirlar qo‘mitasi Rossiyani tashkilot a’zolari safidan chiqarishni ma’qulladi. Bu haqda “Anadolu” xalqaro axborot agentligi xabar tarqatgan.
Italiya tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo so‘zlariga ko‘ra, qaror Yevropa Kengashi Nizomining 8-moddasi asosida qabul qilingan.
— Italiya ushbu qaror Rossiyaning Ukrainaga qarshi qabul qilib bo‘lmaydigan harbiy tajovuzkorligi, xalqaro huquqning jiddiy buzilishi asnosidagi zaruriy chora, — deb hisoblaydi, — dedi Yevropa Ittifoqi Vazirlar mahkamasiga raislik qiluvchi Italiya tashqi ishlar vazirligi rahbari.