Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachilik qilish taklifini billirdi, deya ma’lum qildi Turkiya prezidenti ma’muriyati jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Faxriddin Oltin.
“Mintaqada yana bir urushga guvoh bo‘ldik. Prezident Erdo‘g‘on Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachilik qilishni taklif qildi, chunki ikkala davlat bilan ham aloqamiz mustahkam”, deb yozdi Oltin ijtimoiy tarmoqda.