Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi sanksilar to‘plami tayyor, u zarurat tug‘ilganda taqdim etiladi. Bu haqda payshanba kuni YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel YeI-Afrika sammiti arafasida ma’lum qildi.

“Biz hali ham diplomatiya jarayoniga ishonamiz. Biz barcha sa’y-harakatimizni diplomatik faoliyatga qaratganmiz. Boshqa tomondan olib qaraganda, sanksiyalarning to‘liq to‘plamini tayyorlab qo‘yganmiz. Bu juda jiddiy to‘plam”,  dedi Borrel hujjat zarurat tug‘ilganda taqdim etilishini qo‘shimcha qilar ekan.