Qo‘shma Shtatlar Tolibon harakati bilan Doxadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvning qator shartlarini bajarmagan. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, bu haqda Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar mahkamasi rahbari Amir Xon Muttakiy fikr bildirib, hibsdagi harakat a’zolari bir necha kunda ozod qilinishi bo‘yicha berilgan va’da bajarilmaganini aytdi.

“Afsuski, ular (asirlar – tahririyat)ni o‘zimiz ozod etmagunimizcha bu ish qilinmadi. Shuningdek, AQSH hozirgacha Tolibon rasmiy vakillarini qora ro‘yxatdan chiqarmagan”, dedi mulozim.

Vazir Afg‘onistonning hozirgi hukumati o‘z va’dasida turib, mamlakat hududidan AQSHga qarshi harakatda foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidladi.