Yens Stoltenbergning vakolat muddati tugagach, O‘rta Yer dengizi mintaqasi davlatlaridan biri, katta ehtimol bilan, Italiya vakili NATO bosh kotibi bo‘ladi.

“la Repubblica” shunday axborot tarqatgan. Xabarda yozilishicha, Ispaniya va Portugaliya o‘z vakillari hozir muhim lavozimlarda bo‘lgani uchun istisno tutiladi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish portugaliyalik, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel Ispaniyadan.
Nashrga ko‘ra, Italiya hukumati tegishli nomzod bo‘yicha hali bir qarorga kelmagan, lekin masala NATOning iyundagi sammitigacha ko‘rib chiqiladi. Italiya mudofaa vazirligining sobiq va hozirgi rahbarlari Roberta Pinotti va Lorenso Guyerini, shuningdek, YeI tashqi ishlar bo‘yicha sobiq Oliy vakili Federika Mogerrini eng munosib nomzodlar sifatida ko‘rilmoqda.