Agar Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning rejalashtirilgan tashrifidan keyin zarurat tug‘ilsa Turkiya RF bilan Ukraina o‘rtasida vositachilikni o‘z zimmasiga olishga tayyor, dedi Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on.
“Hozir Rossiya bilan bizning munosabatlarimiz jiddiy. Ushbu munosabatlar o‘ziga xos. Buning uchun amalga oshirilayotgan harakatlarimiz ham juda muhim. Shu sababli men janob Putin bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga katta ahamiyat qaratmoqdaman. Albatta, Ukraina mavzusi ham muhim ahamiyatga ega”, – dedi Erdo‘g‘on jurnalistlarga samolyot bortida Ukrainadan qaytayotganda.
Shuningdek, Turkiya prezidentining bayonot berishicha, G‘arb Rossiya-Ukraina munosabatlarini yo‘lga solish uchun haligacha hech narsa qilmadi.
“Bu safar men shuni ochiqchasiga va tushunarli qilib aytishim lozim. Agar ushbu jarayonga e’tibor qaratiladigan bo‘linsa, afsuski, G‘arb ushbu masalani hal qilish uchun haligacha hech narsa qilmadi”, – dedi Turkiya yetakchisi.