Joriy yilning 1 fevral kuni Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor Elchisi janob Yoshinori Fudjiyama va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev o‘rtasida “Qoraqalpog‘iston tibbiyot universiteti klinikasida tibbiy yordamni takomillashtirish” loyihasi bo‘yicha qiymati 794 million yen (taxminan 7,35 million dollar) bo‘lgan almashinuv notasi imzolandi.

O‘zbekiston shimoli-g‘arbida joylashgan Orol dengizi, sobiq Ittifoq davridan buyon paxta yetishtirish oqibatida qisqarib, cho‘llanish va sho‘rlanishga duchor bo‘ldi.

Shu sabab Orol dengizi bo‘yida joylashgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sekin sur’atlar bilan rivojlanyapti, bu esa o‘z navbatida mahalliy aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ana shunday vaziyatni inobatga olgan holda hukumatimiz 2021 yilda Qoraqalpog‘iston tibbiyot universiteti klinikasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qaror viloyat aholisining tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatini yaxshilash va tibbiyot sohasidagi kadrlarni tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Poliklinikada tibbiy jihozlar yetishmaydi. Mazkur loyiha tufayli Qoraqalpog‘iston tibbiyot universiteti klinikasi yuqori sifatli tibbiy asbob-uskuna va o‘quv materiallari, jumladan, Yaponiya kompaniyalari mahsuloti bilan ta’minlanadigan bo‘ldi. Mazkur hamkorlik hududda tibbiy xizmat va tibbiy ta’lim sifatini oshirish bilan birga, viloyat aholisi salomatligini mustahkamlashga ham xizmat qilishi kutilmoqda.