Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida keltirilmoqda.
Hujjatga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta ta’lim uzluksiz va bepul 11 yillik ta’lim negizida amalga oshiriladi.
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosda, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan ta’lim muddatlarida amalga oshiriladi.
Farmonning to‘liq matni bilan tanishish uchun saytimizni kuzatib boring.