2022 yil 31 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 224023 (+1015) nafarni tashkil etmoqda.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Yangi kasallanish holatlarining:

43 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
28 nafari Andijon viloyatida,
29 nafari Buxoro viloyatida,
25 nafari Jizzax viloyatida,
37 nafari Qashqadaryo viloyatida,
17 nafari Navoiy viloyatida,
26 nafari Namangan viloyatida,
58 nafari Samarqand viloyatida,
14 nafari Sirdaryo viloyatida,
42 nafari Surxondaryo viloyatida,
94 nafari Farg‘ona viloyatida,
21 nafari Xorazm viloyatida,
78 nafari Toshkent viloyatida,

503 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Buxoro viloyatida 34 nafar,
Navoiy viloyatida 20 nafar,
Samarqand viloyatida 13 nafar,
Surxondaryo  viloyatida 9 nafar,
Xorazm viloyatida 31 nafar,
Toshkent viloyatida 24 nafar,
Toshkent shahrida 48 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 210346 (+179) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1568 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 196 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.