“Sof energiya”ning ma’lum qilishicha, Xitoyda qurilayotgan «Syudapu» AESida eritmani ushlab qoluvchi «tuzoq» o‘rnatildi.
Rossiyaning VVER-1200 loyihasi bo‘yicha Xitoyda qurilayotgan «Syudapu» AESining 3-energoblokida og‘irligi 156 tonna va balandligi 6,1 m. bo‘lgan faol zona eritmasini lokalizatsiya qilish qurilmasi – «tuzoq» o‘rnatildi.
Eritmani ushlab qoluvchi «tuzoq» passiv xavfsizlik tizimlaridan biri bo‘lib, jiddiy halokat sodir bo‘lgan taqdirda reaktor binosining poydevor qobig‘ini faol zona eritmasidan izolyatsiya qilishni ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, «Syudapu» atom elektr stansiyasi Xuludao shahrida (Lyaonin provinsiyasi) joylashgan. U Rossiya va Xitoyning atom energetikasi sohasidagi hamkorligi asosida yaratilgan yangi loyihadir. Shuningdek, ushbu stansiyasining energobloklarini ishga tushirish 2027-2028 yillarga mo‘ljallangan.
O‘zA