O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining 2021 yil 17 iyuldagi 11-son qarorida 18 yoshdan katta aholi qatlamini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash belgilangan, deyiladi SSV murojaatida.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 113-moddasiga ko‘ra, xodim emlanishni rad etsa, ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli.

Shularga ko‘ra, xodimlaringizning 2022 yil 20 yanvarga qadar koronavirusga qarshi emlanishini ta’minlashingizni hamda sababsiz emlanmaganlarni ishga qo‘ymaslik choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, emlashga qarshi tibbiy ko‘rsatmalari bor fuqarolar bundan mustasno. Tibbiy cheklovlar ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligining internetdagi resurslarida mavjud.

O‘zA