Joriy yilning yanvar, fevral va mart oylarida emlanganlik sertifikatini olgan fuqarolar ishtirokida bosh sovrini avtomobil bo‘lgan yutuqli o‘yin o‘ynaladi.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi murojaatida aytilmoqda.

Shuningdek, endilikda 20 nafardan ortiq emlanuvchisi bor tashkilotlarga sayyor emlash brigadasini jalb etish imkoniyati yaratilgan.

Emlash masalalari bo‘yicha murojaat uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 78-888-01-01 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, emlash bepul amalga oshiriladi.

O‘zA