Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning 15-16 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududidan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo‘yi hududidan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelmoqda.

15-16 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda.

Jumladan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha; Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

18 yanvarda Surxandaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida ham shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

15-18 yanvarda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda yong‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.

O‘zA