Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan davlat grantlari bo‘yicha e’lon qilingan sakkizinchi tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘ldi.

Tanlovda O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limining “Ko‘ngilli fermerlar”, “O‘zbekiston Chernobilchilari” uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining “Bir qadam”, “Shanaraq” ilmiy, ijtimoiy, gumanitar va yoshlar tashabbuslari markazining “Yangi O‘zbekiston – yangicha nigoh” nomli loyihalari g‘olib, deb topildi.

Tadbir yakunida tanlov g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA