“Xavfsizlikni ta’minlash masalasi 2022 yilda Ruminiya tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘ladi”, dedi mamlakat prezidenti Klaus Yoxannis Buxarestda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan diplomatik missiya rahbarlari bilan o‘tkazilgan an’anaviy yillik uchrashuvida.
“TASS” xabarida “AQSHning Ruminiyadagi harbiy ishtirokini kengaytirish asosiy maqsad”, so‘zlari iqtibos o‘laroq keltirilgan.
Ruminiyaning xalqaro faoliyati uch asos – Yevropa Ittifoqidagi o‘rinni mustahkamlash, NATO bilan hamkorlik va AQSH bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirishdan iborat.
“Biz qadriyatimiz va maqsadimiz uyg‘un bo‘lgan xalqaro hamkorlar bilan sheriklik samarali bo‘lishiga erishishimiz lozim”, dedi Yoxannis.