“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, mamlakatimizda sement ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan 31 ta korxona mavjud bo‘lib, 2021 yil yakunigacha sement ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlar 21,3 million tonnaga yetkazilgan.

–O‘tgan yilda respublika bo‘yicha jami 14,195 million tonna sement ishlab chiqarilgan. E’tiborlisi, eng ko‘p sement mamlakatimizdagi yirki sanoat korxonalardan biri “Qizilqumsement” AJ tomonidan tayyorlangan. Bu yerda o‘tgan yili jami

3 million 666 ming tonna mahsulot xaridorlarga yetkazilgan. 2021 yilda yangi quvvatlar bilan faoliyatini boshlagan Toshkent viloyatida joylashgan “Ohangaronsement” AJ da esa 2,015 million tonna sement ishlab chiqarilgan. “Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati” AJga qarashli Sherobod sement zavodi 1,4 mln. tonna, Jizzax sement zavodida esa 850 ming tonna mahsulot qurilish maydonlariga yetkazilgan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 1,6 mln. tonna bo‘lgan “Bekobodsement” AJ yil davomida 968,2 ming tonna mahsulot ishlab chiqarilgan. Sermahsullik bo‘yicha Jizzax viloyatida o‘z faoliyatini boshlagan “Xuaksin sement Jizzax” MCHJ ham qolishmaydi. Korxonada hisobot davrida 1,666mln. tonna sement tayyorlandi, – dedi uyushma matbuot xizmati rahbari Jamshid Shermetov.

Shuningdek, Farg‘ona Yasin qurilish mollari MCHJ 565,9 ming tonna, “Quvasoysement” AJ 592,5 ming tonna, “Namangan Sement” MCHJ 225 ming tonna, “Qoraqalpoqsement” MCHJ QK 271,7 ming tonna, “Sing Lida” MCHJ 300,8 ming tonna ishlab chiqarilgan.

Ma’luot o‘rnida, 2021 yil yanvar-dekabr oylarida 2,715 million tonna sement import qilingan bo‘lsa, 333,6 ming tonna eksport amalga oshirilgan.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA