“NEO-FARM” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan nazorat organiga dorixonalarda qalbakilashtirilgan “Revarton” dori vositasi realizatsiya qilinayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumot kelib tushgan. Ushbu holat dorixona tomonidan taqdim etilgan fiksal va tovar cheklarida o‘z tasdig‘ini topgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi dorixonaga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir chorasi qo‘llanilayotganligini dorixonalar va jamoatchilik e’tiboriga yetkazib, ushbu dori vositasi muomalasiga chek qo‘yish maqsadida barchani ogohlikka chaqiradi.

Qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash va (yoki) realizatsiya qilish litsenziyaning bekor qilinishiga olib keladigan litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi hamda ushbu qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.

 

O‘zA