O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 2022 yil – «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» munosabati bilan «Ayolga ehtirom» ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga hayotimiz quvonchi, oilalarimiz ko‘rki bo‘lgan mo‘’tabar ona siymosi yuksak darajada tarannum etilgan, bugun jamiyatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar va bunyodkorlik ishlarida fidoyilik ko‘rsatib, salmoqli natijalarga erishayotgan xotin-qizlarga bag‘ishlangan she’riy, nasriy hamda badiiy-publitsistik asarlar qabul qilinadi.

Ijodiy ishlar 2022 yil 1 martga qadar qabul qilinadi.

Hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib deb topilgan ijodkorlar 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovga taqdim etiladigan asarlarning asl yoki elektron nusxasi muallifning shaxsiy ma’lumotnomasi, telefon raqami va pasport nusxasi bilan birga quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi. 

E-mail: badiiy_adabiyot@mail.ru.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun telefon: (71) 231-83-67.

TANLOVGA MARHAMAT, AZIZ IJODKORLAR!