Almatida huquq o‘rnatuvchi kuchlar Almati tumanidagi politsiya boshqarmasiga qilingan hujumni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozmoqda “Sputnik Kazaxstan” politsiya rasmiy vakili Saltanat Azirbek bergan ma’lumotga tayanib.
Politsiya vakilining agentlikka ma’lum qilishicha, hujum qilganlar yo‘q qilingan.
Chorshanba kuni namoyishchilarning bir guruhi Almatidagi Auezov tumani ichki ishlar bo‘limi binosini egallab olishga uringan edi.
Shunga qaramay, aksiya qatnashchilar shahardagi “Koktobe” teleminorasini egallab olgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
KazTag agentligining yozishicha, Almatidagi “Koktobe” teleminorasi egallab olingani haqida xabar kelgan.
Almatidagi Respublika maydonida yana otishmalar eshitilmoqda, deb yozmoqda, “Sputnik Kazaxstan” agentligi muxbiri. Uning ta’kidlashicha, kuchli tuman sababli atrofda nimalar bo‘layotganini ko‘rish qiyin.
“Almatida taxmin qilinishicha, Respublika maydonini tozalash boshlangan. Otishma davom etmoqda”, — deyiladi agentlik tarqatgan xabarda.
Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, maydon tomondan besh-o‘n kishidan iborat guruhlar chopib o‘tmoqda, ularning ayrimlari jarohat olgan.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ma’lum qilishicha, Almati va Nur-Sultanda aeroportlarni egallab olishga urinishlar bo‘lgan, ularning maqsad Rossiya va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan (KXSHT) jo‘natilgan yordamga xalaqit berish bo‘lgan.
“Almatida ham, Nur-Sultonda ham aeroportni egallab olishga urinish bo‘ldi. Atayin qilishdi, chunki qurolli kuchlar, eng avvalo Rossiya va KXSHTdan harbiylar kelayotganini ular yaxshi bilishardi bilishardi. Samolyotlar qo‘na olmasligi uchun aeroportni nazoratiga olmoqchi bo‘lishgan”, — dedi Lukashenko payshanba kuni Minskda bo‘lib o‘tgan majlisda..