Tailandning Chiangmay shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining bugungi bahslarida to‘rt nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.

Aniqrog‘i, vazni -48 kg. bo‘lgan hamyurtimiz Shodiyorjon Meliqo‘ziyev mezbonlar vakili Nathangpong Tuamcharoyen bilan raqobatlashsa, -51 kg. vazn toifasida Asilbek Jalilov mo‘g‘ulistonlik Davadorj Likhagvadorjga qarshi jang qiladi. Shuningdek, ayollar orasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan vazni -63 kg. bo‘lgan Dilfuza Bekova qozog‘istonlik Aida Abikeyevaga qarshi ringga ko‘tariladi.

-66 kg. vaznda esa Navbahor Hamidova tailandlik Janjayem Suvannaphengni sinovdan o‘takazadi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Adhamjon Muhiddinov, Javohir Ummataliyev va Farzona Fozilova o‘z vazn toifalarida zafar quchgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA