O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida Xitoy nogironlar federatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda ikki davlat o‘rtasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish, shuningdek, ular orasida ommaviylikni oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qolaversa, ta’lim va tibbiyot sohalarida ham tajriba almashish borasida kelishib olindi.

O‘z navbatida, tomonlar ushbu hamkorlik kelgusida para sportchilarning natijalarini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA