O‘tgan hafta yakunida poytaxtimiz mezbonlik qilgan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi Kongressi yuqori saviyada o‘tkazilgani va ushbu tadbirda tashkilot rahbari sifatida Alisher Usmonov saylangani haqida xabar bergan edik.
Ushbu Kongressda poytaxtimiz 2027 yili kattalar o‘rtasida tashkil etiladigan jahon chempionatiga mezbon sifatida tanlab olindi. Ushbu tadbir 20-28 iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirildi.
Ma’lumot o‘rnida: 2015 yilning aprel oyida Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha kadetlar va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA