Birodar Qozog‘istonda kechayotgan voqealar O‘zbekiston tomonidan xavotir bilan qabul qilinib, ushbu mamlakatdagi vaziyat rivoji diqqat bilan kuzatib borilmoqda.

Donishmand Qozog‘iston xalqi mamlakatda beqarorlik keskinlashuvining oldini olish, zo‘ravonlik yuzaga kelishi, insonlar qurbon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni uddalashiga ishonchimiz komil.

Qozog‘istonliklar o‘zaro birlikni saqlab qolish, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni tiklash hamda yuzaga kelgan muammolarni mustaqil hal qilish uchun yetarli qat’iyat va irodaga egaligiga ishonamiz.

O‘zbekiston Qozog‘iston xalqi va rahbariyatining mamlakat barqarorligi va taraqqiyotini, millat farovonligini ta’minlash yo‘lidagi intilishlarini doimo qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidlaydi.

Tashqi ishlar vazirligi

matbuot xizmati