Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida an’anaviy “Prezident archasi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onasi Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari ishtirok etdi. Chiroyli bezatilgan archa atrofida Qorbobo bilan Qorqiz, ertak qahramonlari ishtirokidagi teatrlashtirilgan bayram tomoshalari davomida bolajonlarga turli shirinliklar, o‘quv qurollari, bolalar ensiklopediyasi hamda jihozlardan iborat “Prezident sovg‘asi”   topshirildi.
San’at ustalari ijrosidagi kuy-qushiqlar, teatr jamoalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari bayramga o‘zgacha zavq bag‘ishladi. Bu yil Orolbo‘yidan 700 nafarga yaqin ota-ona qarovisiz qolgan, ota-onasi Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga “Prezident sovg‘asi” topshiriladi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov ishtirok etdi.
“Prezident archasi” tadbiri Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarda bo‘lib o‘tmoqda.

Dovud ABIBULLAEV, 
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA