Pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan yurtdoshlarimizga mamlakatimizga qaytishlarida qulaylik yaratish maqsadida maxsus reyslar yo‘lga qo‘yiladi.

Unga ko‘ra, «Voljskiy-Toshkent» yo‘nalishida 483-sonli yo‘lovchi poyezdining 5 ta maxsus reysi harakatlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati xabar qildi.

Mazkur poyezdlar 2021 yil 15, 19, 22, 26,29 noyabr kunlari soat 20:57 da «Voljskiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi. Poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni «Voljskiy-Toshkent» yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yo‘lga qo‘yilgan. Rossiyadagi yurtdoshlarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali ye-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, jo‘natishlari ham mumkin.

 

Maftuna KARIMOVA, O‘zA