Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jӯqorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov sektor rahbarlari bilan birgalikda Nukus shahri Sarbinoz mahalla fuqarolar yig‘inidagi transport texnikumi binosida tashkil etilgan 20-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Mazkur saylov uchastkasida 2 ming 219 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan bӯlib, hozirgacha 1 ming 100 nafari ovoz berdi. Shundan 21 nafari birinchi marta ovoz bermoqda. Hududdan 26 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz bergan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jӯqorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov yurt ravnaqi, aholi farovonligi uchun ovoz berdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 656 ta saylov uchastkasi tashkil etildi. Ularda 8 ming 386 nafar saylov uchastkalari a’zosi tasdiqlangan.

Orolbӯyining shahar va tumanlarida saylov jarayoni ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

 

Dovud Abibullayev,

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA