Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda hududning betakror boy tabiati, turizm salohiyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda hududning betakror boy tabiati, turizm salohiyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

– Mamlakatimizda qishki va yozgi turizm uchun cheksiz imkoniyatga ega bo‘lgan eng qulay hudud – Toshkent viloyati hisoblanadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Birgina poytaxtning o‘zidan viloyatga haftasiga 200-250 ming nafar aholi chiqadi. Shu bois, viloyatda turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshiramiz. Parkent tumanini turizm markazi aylantirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston” bog‘idan Parkentning so‘lim go‘shalariga eltuvchi yangi magistral yo‘l quriladi.

Qayd etilganidek, Toshkent shahridan Parkentga tezyurar avtobuslar qatnovi tashkil etiladi. Yo‘l bo‘ylarida savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari barpo etilib, kamida 3 mingta yangi ish o‘rni tashkil etiladi. Buning uchun, 200 milliard so‘m kreditlar ajratiladi.

Ohangarondagi “Ertosh-soy” va “Ovjaz-soy” qishloqlariga “turizm qishlog‘i” maqomi berilib, infratuzilma bilan to‘liq ta’minlanadi.

Uchrashuv davom etmoqda.

 

O‘zA