Toshkent viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvda Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatiga to‘xtalarkan, ayniqsa, ko‘p millatli aholini alohida e’tirof etdi.

– Bu diyorning eng asosiy boyligi – aslida, uning mehnatkash, bag‘rikeng, ko‘pmillatli xalqidir, dedi nomzod. – Viloyatda yuzdan ortiq millat va elat vakillari ahillikda yashab, bahamjihat mehnat qilmoqda. Bir hayotiy misol sifatida Piskent tumanining “Oqtepa” mahallasida istiqomat qiladigan Jonsaidovlar oilasi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Tojik ota, qozoq onaning yetti nafar kelini – o‘zbek, qozoq, rus, uyg‘ur, gruzin, chechen millatlariga mansub bo‘lib, ular ahil hayot kechirmoqda.

Uchrashuvda jamiyatimizdagi buday ko‘pmillatli, hamjihatlik kabi namunali misollar haqida kinofilmlar olish kerakligi aytib o‘tildi.

 

O‘zA