Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning navoiylik saylovchilari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturi doirasida viloyatda ziyorat turizmini rivojlantirishga oid rejalarini ma’lum qildi.

Ulug‘ avliyo, mavlono Orif Deggaroniy nomi bilan ataladigan -me’moriy majmuani restavratsiya qilish hamda uni sayyohlik marshrutiga kiritish, Karmana tarixini har tomonlama chuqur o‘rganish, bu shaharning yoshini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Nurota shahrida “Kashtachilik markazi” hamda Navoiy shahrida zamonaviy talablarga javob beradigan drama teatrini barpo etish taklif etildi.