Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tgan sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati a’zolari, cyektor va soha rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibida «Firma nomlari to‘g‘risida»gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonuni loyihasi, «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonuni loyihasi haqidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq, Nurlipesov Amir Otepovichni Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining raisi etib saylash to‘g‘risidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining taqdimnomasi deputatlar e’tiboriga havola qilindi. Bu masala bo‘yicha deputatlar tegishli qaror qabul qildi – Amtr Nurlipesov Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining raisi lavozimiga saylandi.

Shuningdek, sessiyada «Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish» loyihasini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” gaz ta’minoti filiali rahbarining hisoboti to‘g‘risida”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha 2021 yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida”, “Aholi salomatligini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining hisoboti haqida”, “2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasida belgilangan vazifalarning 2019-2021 yillarda Orolbӯyida amalga oshirilishi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining axboroti haqida”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining tegishli qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov ishtirok etdi.

Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA