Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

–Kelgusi yilda 6 ta viloyat miqyosidagi shifoxona birlashtiriladi va Tibbiyot klasteri o‘z faoliyatini boshlaydi. Ushbu klasterga xorijiy davlatlarning eng ilg‘or klinikalari hamkor sifatida jalb qilinadi hamda barcha murakkab va yuqori texnologik amaliyotlarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, mamlakatimizda ilk bor tashkil etilayotgan ushbu klaster va boshqa tibbiyot muassasalarini zamonaviy kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Guliston tibbiyot kolleji negizida Turkiyaning “Sog‘liq bilimlari universiteti” filiali tashkil etiladi, –dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

O‘zA