Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi davom etmoqda.
–Xitoylik investorlarning viloyatga qiziqishlari katta. Endi, Xitoydagi elchixonamiz hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoydagi vakolatxonasi Sirdaryoga biriktiriladi. Shu bilan birga, sanoati past rivojlangan Oqoltin, Xovos, Boyovut, Sardoba va Guliston tumanlari to‘liq “industrial zona”larga aylantiriladi.
O‘zimizda ishlab chiqarilmaydigan, faqat o‘z sanoati ehtiyojlari uchun foydalaniladigan asbob-uskuna, butlovchi va ehtiyot qismlar bojxona bojlari to‘lashdan uch yilga ozod qilinadi,– dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zA