Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida bu haqda alohida ta’kidlandi.
–Sirdaryoda 286 ming gektar ekin maydonining 30 foizi yuqori darajada sho‘rlangan. Bu ko‘rsatkichni keskin pasaytirish bo‘yicha, xorijiy ekspertlar jalb etiladi va Ekin yerlar sho‘rlanishini pasaytirish va ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish dasturi amalga oshiriladi. Yerlarning sho‘rlanishini pasaytirish choralarini mustaqil amalga oshirgan klaster va fermerlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy qilinadi,– dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zA