Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

“Men har gal Sirdaryoga kelganimda, ulug‘ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning qahramonlarini hayotda ko‘rganday bo‘laman.

Viloyatning bir tomoniga qarasak – Guliston, Baxt, yana bir tarafida –Mehnatobod, bir tomonida – Shirin shahri va elu yurtga nur ulashayotgan Farhod GESini ko‘ramiz.

Hazrat Navoiyning ezgu ideallariga g‘oyatda mos bo‘lgan, bunday go‘zal nomlar zamirida teran ma’no mujassam”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

O‘zA