bugungi kunda Farg‘onadagi eng dolzarb masala – aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish hisoblanadi. Viloyat aholisi soni va uning o‘sish sur’ati bo‘yicha mamlakatimizda eng yuqori o‘rinlarni egallaydi (aholi soni 3 million 850 ming).

Shavkat Mirziyoyev viloyat saylovchilari bilan uchrashuvda hudud aholisiga shart-sharoit yaratib berish, buning uchun har bir mahallani zarur infratuzilma bilan ta’minlash zarurligini ta’kidladi. Bu borada hal qilinishi zarur bo‘lgan qator yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Jumladan, bugungi kunda viloyatda 20 mingga yaqin oila uy-joyga muhtoj. Har yili 30 mingdan ziyod yangi oila tashkil bo‘lmoqda, o‘z navbatida, uy-joyga bo‘lgan talab ham oshmoqda.

So‘x,  Oltiariq,  Toshloq,  Quvada ichimlik suvi ta’minoti darajasi  50 foizdan past. Rishton, Beshariq, Qo‘shtepa, Yozyovon,  O‘zbekiston tumanlarida ham ahvol yaxshi emas.

Viloyatda kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti tizimlari  yetarli rivojlanmagan. Farg‘ona,  Qo‘qon,  Marg‘ilon  va Quvasoy shaharlarining markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimi, ko‘plab yillar mablag‘ ajratilmagani oqibatida izdan chiqqan.

Shuningdek, 9 ming kilometr ichki yo‘llar  ta’mirtalab ahvolda.

So‘nggi besh yilda viloyatda elektr energiyasi iste’moli 1,3 barobarga oshgani bois, elektr tarmoqlari, transformator

va podstansiyalarning 40 foizi ta’mirga muhtoj.

Aholida turli surunkali kasalliklar mavjud. Bundan tashqari,  236 ta maktabning yuklamasi quvvatlaridan ancha yuqori.

Yana bir muhim masala  – viloyatda 160 mingdan ziyod aholi ishsiz bo‘lib, har yili mehnat bozoriga  qo‘shimcha 50 ming nafar yoshlar  kirib kelmoqda. 110 ming oila  doimiy daromad manbaiga ega emas.