Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda atmosfera havosini muhofaza qilish masalasi ham nomzodning saylovoldi dasturidagi muhim yo‘nalishlardan biri ekanligini ta’kidladi.

– Insoniyat hayoti uchun eng muhim omil bo‘lgan atmosfera havosini muhofaza qilish, uning sifat ko‘rsatkichlarini ekologik normativlarga muvofiqligini ta’minlash strategik maqsadimiz bo‘lib qoladi. Atmosfera havosini muhofaza qilishni ta’minlovchi ekologik xavfsizlik talablari quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim deb hisoblaymiz:

joylarda atrof-muhitni me’yoridan ortiq ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash orqali ularning texnologik jarayonlarini modernizatsiya qilish, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish;

atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday xo‘jalik faoliyati turlarini ifloslantiruvchi moddalarni tozalash uskunalari bilan jihozlanmasdan loyihalashtirishni taqiqlash;

sohaga oid huquqiy asoslarni samarali ijrosini ta’minlash hamda xo‘jalik va boshqa ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari atrofida sanitariya-himoya zonalarini tashkil qilish asosida mamlakatimizning yirik va sanoati rivojlangan shaharlarida atmosfera havosiga chiqarilayotgan uglerod, azot birikmalari, metan va boshqa gazlar chiqarilishini hamda chang miqdorini 1,5 barobarga kamaytirish;

chiqindilarni utilizatsiya qilish, ularni to‘plash va qayta ishlashda atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish choralarini ko‘rish;

 

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA