O‘zbekiston “Milliy tiklanish”demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Alisher Qodirov Surxondaryo viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvda so‘nggi yillarda mamlakatimizda yuz bergan yangilanishlarga ham to‘xtalib o‘tdi.

–Bundan sanoqli yillar oldin Prezidentlikka nomzod bo‘lib, “Men O‘zbekistonni o‘zgartiraman, meni saylanglar!”, deb bemalol tanqid qilib, fikrlarni, takliflarni ochiq-oshkora aytish mumkinmidi?

Mana, O‘zbekiston bugun qanday o‘zgardi. Endi bu o‘zgarishlarni  nafaqat, asrab-avaylashimiz, balki, yanada rivojlantirishimiz lozim.

 

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA