24 sentyabr kuni 14-Toshkent shahar saylov okrugi tomonidan hududda saylov jarayonlariga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda shahardagi saylov okrugi va saylov uchastkalari soni va boshqa ma’lumotlar haqida axborot berildi. Xususan, bugungi kunda okrugda 822 ta saylov uchastkasi bo‘lib, ularda 8891 nafar a’zolar bor. A’zolar orasida 7 346 nafari avvalgi saylovlarda qatnashganlar bo‘lsa, 1 545 nafari birinchi marotaba qatnashayotganlardir.

Okrugda saylovchilar soni dastlabki raqamlarga ko‘ra, 1 707 682 nafarni tashkil etadi. Buni tumanlar kesimida oladigan bo‘lsak:

Bektemir tumani – 19 ta saylov uchastkasi, 38 524 nafar saylovchi;

Mirzo Ulug‘bek tumani – 96 ta saylov uchastkasi, 187 451 nafar saylovchi;

Mirobod tumani – 44 ta saylov uchastkasi, 89 426 nafar saylovchi;

Sergeli tumani – 50 ta saylov uchastkasi, 127 560 nafar saylovchi;

Uchtepa tumani – 84 ta saylov uchastkasi, 180 766 nafar saylovchi;

Chilonzor tumani – 77 ta saylov uchastkasi, 160 625 nafar saylovchi;

Shayxontohur tumani – 84 ta saylov uchastkasi, 187 075 nafar saylovchi;

Yunusobod tumani – 109 ta saylov uchastkasi, 213 258 nafar saylovchi;

Yakkasaroy tumani – 35 ta saylov uchastkasi, 62 499 nafar saylovchi;

Yangihayot tumani – 40 ta saylov uchastkasi, 73 149 nafar saylovchi;

Yashnobod tumani – 81 ta saylov uchastkasi, 178 683 nafar saylovchi;

Olmazor tumani – 103 ta saylov uchastkasi, 208 666 nafar saylovchilar bor.

Barcha saylov uchastkalaridagi komissiyalar Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida o‘z ishini qonuniylik, mustaqillik, xolislik, ochiqlik, oshkoralik hamda shaffoflik tamoyillariga to‘la amal qilgan holda tashkil etadi.

Toshkent shahar uchastka saylov komissiya a’zolarining 6824 oliy, 1730 nafari o‘rta-maxsus, 337 nafari o‘rta ma’lumot egasi hisoblanadi.

Ularning millatiga nazar tashlasak, 7948 nafar o‘zbeklar, 67 nafar qoraqalpoqlar, 204 nafar qozoqlar, 426 nafar ruslar, 68 nafar tojiklar, 23 nafar koreyslar, 155 nafar boshqa millat vakillaridir.

A’zolarning yoshi 1148 nafari 21-30gacha, 2226 nafari 31-40 gacha, 2506 nafari 41-50 gacha, 2501 nafari 51-60 gacha, 510 nafari 60 yoshdan oshganlar.

Saylov uchastkasi a’zolaridan ayollar soni 1550 nafarni tashkil etadi. Rais ayollar 445 nafar, rais o‘rinbosari ayollar 435 nafar, kotib ayollar 571 nafardir.

Matbuot anjumanida Toshkent shahridagi Prezidentlik saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari raislariga guvohnomalar va kanselyariya mahsulotlari tarqatildi.

 

Maftuna KARIMOVA, O‘zA