Prezident saylovi

Joriy yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida bu yil 900 mingga yaqin yosh ilk marotaba ishtirok etadi.

Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan saylovda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab barcha hududlarda “Yosh saylovchi” forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum doirasida turli xil tadbirlar va o‘quv- seminarlar tashkil qilindi.

Forumlarda yoshlarimizga saylov bo‘yicha qanday tushunchalar berilmoqda? Ular saylovga tayyormi? Shu kabi savollar bilan O‘zA muxbiri Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimi Akmal Alimovga murojaat qildi. Quyidagi videolavha shu haqda.

 

Gulnoza Boboyeva, Nishonboy Abduvoitov(video),O‘zA