Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi musiqa va san’at maktabida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda targ‘ibot guruhi a’zolari, O’zLiDeP Jizzax viloyat kengashi faollari, mahalliy Kengashlar deputatlari, elektorat va yoshlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda nomzodning ishonchli vakili Bayrambek Uzoqov dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning tarjimai holini o‘qib eshittirdi. Saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

Joriy yilning 24 oktyabrida bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi mamlakatimizni rivojlantirishning beshta muhim ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida o‘z ifodasini topgan ilg‘or demokratik g‘oyalar ro‘yobining, O‘zbekistonning yuksak taraqqiyotiga xalqimiz bildiradigan qat’iy ishonchning amaldagi yana bir yorqin ifodasi ekanini ta’kidladi.

Tadbir nihoyasida nomzodning ishonchli vakili yig‘ilganlarning savollariga batafsil javob berdi.

Uchrashuvda O’zLiDeP Jizzax viloyati kengashi raisi E.Xolmatov, “O‘zbekiston qahramoni” P.Ziyodov va turli soha vakillari so‘zga chiqib, nomzodning saylovoldi dasturi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga hamda  ishtirokchilarni saylovda Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdi.

 

A.QAYUMOV,  J.YORBEKOV (surat), O‘zA