Prezidentlikka nomzod jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvda bu masalaga alohida e’tibor qaratdi.
Maqsuda Vorisovaning saylovoldi dasturida og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarni ijtimoiy turar joylar bilan ta’minlash, aholining daromadiga qarab tabaqalashtirilgan soliq tizimini joriy etish, asosiy oziq-ovqatlar narxlarini shakllantirish ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini qat’iy o‘rnatish, qishloq tumanlariga sanoatni olib kirish masalalari asosiy yo‘nalishlar sifatida kiritilgan.
– Aholiga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, shifokorlarning ish haqisini 3 barobarga, hamshiralarning oyligini esa 2 barobarga oshirish, dorixonalar va xususiy tibbiy muassasalarga alohida ijtimoiy tashkilot maqomini berish, tibbiyot xodimlarining sha’ni, qadr-qimmati va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha qonun qabul qilish masalalari kechiktirib bo‘lmas vazifalar sirasiga kiradi, -dedi Maqsuda.Vorisova.
A.Qayumov,
Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA