Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvda saylovoldi dasturi bilan tanishtirarkan, mamlakatda ijtimoiy tengsizlikning barcha ko‘rinishlariga barham berish, pensiya hisoblash tartibini takomillashtirish, ayollarning bola parvarishidagi davrini ish stajiga qo‘shib hisoblash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa tayinlash, “Mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.

 

A.Qayumov,  

Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA