Jizzax viloyati hokimligining majlislar zalida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuv Jizzax viloyatining barcha tuman va shaharlari saylovchilari bilan videokonferensiya orqali muloqot tarzida tashkil etildi.

Xalq demokratik partiyasining Jizzax viloyati kengashi raisi, nomzodning ishonchli vakili Nuriddin Xolmatov saylovchilarga nomzod Maqsuda Vorisovaning tarjimai holi, mehnat faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Yuzma-yuz muloqotda Maqsuda Vorisova saylovchilarni o‘z saylovoldi dasturining ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirdi.

 

A.Qayumov,  

Jamshid Yorbekov (surat),O‘zA