Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimovning Buxorodagi ishonchli vakili brifing o‘tkazdi.

Brifingda partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Bahrom Abduhalimovning ishonchli vakili Maqsud Hamidov yig‘ilish qatnashchilariga tanishtirildi.

Nomzodning ishonchli vakili Maqsud Hamidov yig‘ilganlarga o‘zining tarjimai holini o‘qib eshittirdi. Ishonchli vakil «Nomzod ishonchli vakili ishining boshlanishi, uning maqsadlari hamda vazifalari» mavzusida qatnashchilarga ma’ruza qildi.

Ishonchli vakilning ishlash mexanizmi, ish rejalari hamda nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi.

Uchrashuvda nomzodning ishonchli vakili, nomzodning saylovoldi dasturi tashviqotini viloyatning barcha tuman, shaharlarida, aholi hamda turli soha vakillari ishtirokida ommaviy uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilganligi to‘g‘risida bildirdi.

Zarif Komilov,  

Tohir Istatov (surat), O‘zA