Farg‘ona viloyatidagi 11-Farg‘ona saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga doir yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda 11-Farg‘ona saylov okrugi saylov komissiyasi raisi Erkin Nuraliyev, komissiya a’zolari, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari rahbarlari, shuningdek, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Farg‘ona filiali direktori va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda muhim siyosiy jarayon – Prezident sayloviga tayyorgarlikning borishi yuzasidan tegishli axborotlar tinglandi.

 

Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA