Ayni paytda Bo‘zatov tumanida qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev respublika hududidagi ko‘priklarni ta’mirlash masalasiga ham alohida to‘xtaldi.

Unga ko‘ra, 500 milliard so‘m mablag‘ hisobidan Qoraqalpog‘istondagi 370 ta ko‘prik to‘liq ta’mirlanadi.

Shu orqali, Amudaryo, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Mo‘ynoq, Shumanay va Ellikqal’a tumanlarida ko‘priklar bilan bog‘liq muammolar to‘liq hal qilinadi.

Shuningdek, Amudaryoning ikki sohilini bog‘laydigan, 412 metr uzunlikdagi yangi barpo etilayotgan ko‘prik Qoraqalpog‘iston va Xorazm iqtisodiyoti uchun ham, aholi uchun ham katta qulayliklar yaratadi.

Ushbu loyiha doirasida 79 kilometrlik “Shovot – Gurlan – Jumurtov – Qorao‘zak” temir yo‘l tarmog‘i qurilmoqda. Bu – yurtimizdan Rossiya va Qozog‘istongacha yuk tashishni 240 kilometrga, vaqtni esa 6 soatga qisqartiradi.

Amudaryo tumanida yangi temir yo‘l vokzali quriladi. Shuningdek, Qo‘ng‘irot, To‘rtko‘l va Xo‘jayli vokzallari rekonstruksiya qilinadi.

 

O‘zA