Nukus shahrida boshlangan II Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida Samarqand viloyati vakillari ham hududga xos san’at va madaniyatlarini namoyon etmoqda.

Shuningdek, qo‘shrabotlik, nurobodlik va bulung‘urlik nomdor baxshilar – Abdualim Bekmurodov, Shavkat Bobomurodov, Sayim Ergashev ushbu nufuzli san’at bayramida ishtirok etayotir.

– Viloyatimiz uchun ajratilgan maydonda Samarqandning qadimiy madaniyati, hunarmandchiligi va o‘ziga xos an’ana va qadriyatlarini ko‘rsatishga e’tibor qaratganmiz, – deydi Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i X.Muhammadiyev. – Tashkil etilgan ramziy Tillakori madrasasi yonida hunarmandlar rastasi, non mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyish qilinmoqda. Viloyatimiz teatrlari jamoalari ham kichik sahna ko‘rinishlari tayyorlab kelgan. Maqom ansambli, “Chavqi” va “Beshqarsak” folklor jamoalarining chiqishlari ham festival ishtirokchilarini befarq qoldirmasligiga ishonamiz.

 

G‘.HASANOV, O‘zA