Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida II xalqaro baxshichilik san’ati festivali doirasida baxshi, oqin va jirov ijrochilari ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichi davom etmoqda.

Tanlovda mamlakatimizning barcha hududlaridan, jumladan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 70 nafarga yaqin baxshi, oqin va jirov ishtirok etmoqda. Ularning ijrochilik yӯnalishlaridagi mahoratini san’atshunos olimlar, O‘zbekiston xalq baxshilaridan iborat nufuzli hakamlar hay’ati baholab bormoqda.

Kӯrik-tanlov g‘oliblari ertaga aniqlanadi.

 

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA