“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida davlatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi davom etmoqda.
Tantanali tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalqimizga davlatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘llamoqda.
Davlatimiz rahbari bayram tabrigida mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.
– Biz bugun xalqchil va demokratik tamoyillarga asoslangan yangi O‘zbekiston davlatini, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etmoqdamiz.
Shu maqsadda, avvalo bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga eng muhim vazifa sifatida ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz.
Bugun dunyo va минт́ақамизда, chegaralarimizda keskinlik, turli tahdid va xatarlar kuchayib borayotgan bir sharoitda bu masalaning qanday beqiyos ahamiyatga ega ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz.
Davlat va jamiyatimizning siyosiy-huquqiy poydevorini mustahkamlash, mamlakatni modernizatsiya qilish, bu jarayonda parlament va siyosiy partiyalarning rolini, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar jadal amalga oshirilmoqda.
Demokratiyaning asosiy talabi bo‘lgan inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, so‘z va vijdon erkinligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda.
Respublikamizda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiya qabul qilindi. Ko‘p yillardan buyon jiddiy muammo bo‘lib kelgan majburiy va bolalar mehnati to‘liq tugatildi.
BMTning fuqarolik masalasi bo‘yicha chaqirig‘iga javoban 2020 yilning o‘zida 50 mingdan ortiq yurtdoshimizga O‘zbekiston fuqaroligi berildi.
Ma’lumki, mustaqil va куч́ли sud hokimiyati inson huquqlari, demokratiya va qonuniyлиќни qaror toptirishning asosiy shartidir.
Bu yo‘nalishdagi ustuvor vazifaларѓа doir 40 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Hozirgi vaqtda ular asosida jiddiy amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ana shunday xayrli ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida men kuni kecha Mustaqillik bayrami munosabati bilan yana bir muhim farmonga imzo chekdim.
Ushbu hujjatga muvofiq, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, қилмиш́ига chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 215 nafar shaxs afv etilib, o‘z oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytish imkoniga ega bo‘ldi, – dedi davlatimiz rahbari.
Tantanali bayram tadbiri davom etmoqda.
O‘zA