O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov bugungi brifingda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirokida joriy haftada kutilayotgan muhim tadbirlar haqida jurnalistlarga ma’lumot berdi.

– Bu haftada ham bir qator tadbirlar kun tartibiga kiritilgan. Bugun neft va gaz sohalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Shuningdek, hafta mobaynida Toshkent viloyatida ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda yo‘l bo‘ylarida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha taqdimotlar rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqotiga ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda, – dedi Sherzod Asadov.

O‘zA